Gulnora Karimova tirikmi? U bilan bog‘liq biror ma’lumot yo‘qligi xabar qilindi

Imon Karimova onasi Gulnora Karimova bilan anchadan beri ko‘rishmayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Birinchi prezident Islom Karimovning nevarasi Imon Karimova o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

«Har kuni mendan onam haqida yangilik bormi, deb so‘rashadi. Shuncha yildan beri birorta qo‘ng‘iroq ham, xat ham yo‘q. Endi tushunyapmiz, hammasi vaqtdan yutish uchun berilgan quruq va’da ekan. Na menga, na buvimga onam bilan ko‘rishishga ruxsat berishyapti. Xudo xohlasa, tez orada yaxshi xabarlar eshitaylik», deya yozgan u.

Avvalroq Imon o‘zining Instagram sahifasida onasiga nisbatan noqonuniy bosimlar bo‘layotgani haqida ma’lum qilgan edi. Rasmiy idoralar yoki idora vakillari ushba xabar haqida hech qanday rasmiy munosabat bildirmagandi.