O‘zbekistonga eng ko‘p kofe Italiyadan import qilinmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
— Italiya – 41,7 tonna
— Braziliya – 39,3 tonna
— Rossiya – 22,2 tonna
— Vyetnam – 22 tonna
— Turkiya – 6 tonna
— Belorus – 4,7 tonna
— Germaniya – 2,8 tonna
— Kolumbiya – 2,5 tonna
— Portugaliya – 2,1 tonna