2022 yil 4 iyun kuni Uchko‘prik tumani, Turg‘oq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Sh. voyaga yetmagan qizi (2006 y.t., maktab o‘quvchisi) tungi vaqtlarda «Spark» mashinasida bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqanini bilib qolgan.
Ushbu holatdan g‘azablangan ota qizining boshiga bir necha marotaba urgan. Olgan tan jarohati ta’sirida qiz hushini yo‘qotgan.
Ota qizi yuziga suv sepib, hushiga keltirgan va boshqa o‘sha yigit bilan gaplashib yurmasligini tayinlagan.
Shundan so‘ng, qiz yotoqxonasiga kirib ketgan va olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Uchko‘prik tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.