Markaziy Osiyo davlatlari Boeing xaridorlari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi

Korporasiya sayti Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchi korporasiyasi Markazi Osiyo va Rossiyani o‘z mahsulotlari xaridorlari ro‘yxatidan chiqarib tashlaganini e’lon qildi. Saytda qayd etilishicha:

kelgusi 20 yil uchun prognoz bo‘lgan ta’minot xaritasida mintaqa kulrang rangda — 2041 yilgacha yetkazib berish rejalashtirilmagan hududlar sifatida ko‘rsatilgan.

«Bu hudud biz uchun maqsadli bo‘lmagan bozor», — deya ma’lum qilgan Boeing tijorat marketing bo‘yicha vise-prezidenti Darren Xalst.

Korporasiyaning tijoriy havo qatnovi va samolyotlarga bo‘lgan talab bo‘yicha uzoq muddatli prognozi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy «Maxsus operasiyasi» aviasiya sanoatiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani, birinchi navbatda, Rossiyaga samolyotlarni yetkazib berish imkonsiz bo‘lib qolgani bilan izohlangan.

«Rossiya va Markaziy Osiyoda samolyotlarga talab mavjudligiga qaramay, bu holat qancha davom etishi haqida yuqori darajada noaniqlik mavjud. Shu sababli biz Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prognozni e’lon qilmaslikka qaror qildik», deyiladi prognozda.

Korporasiyaning ta’kidlashicha, Osiyo bozorlari yangi samolyotlarga uzoq muddatli talabning taxminan 40 foizini tashkil qiladi. Yevropa va Shimoliy Amerika uchun har biri 20 foizdan. Yangi samolyotlarni yetkazib berish bozorining qiymati 7,2 trillion dollarni tashkil etadi, bu talabni qondirish uchun tijorat xizmatlari bozori 3,6 trillion dollarga baholanmoqda.

2041 yilga kelib, global samolyot parki 2019 yildagi pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan 80 foizga oshishi kutilmoqda.