Zelinskiy: Ukraina g‘alla eksportiga tayyor

Ukraina Davlat Prezidenti Zelinskiy, o‘lkaning g‘alla jo‘natishga tayyor ekanligini bildirib “BMT va Turkiyadan xabar kutyapmiz” dedi.

Ukraina Davlati Prezidenti Vladimir Zelinskiy, bug‘doy jo‘natiladigan hudud bo‘lgan Chernomorskka bordi va tayyorgarlikni tekshirdi.

Zelinskiy, Turk bayrog‘i ilingan bug‘doy ortilgan kemaning oldida bergan intervyusida, Ukrainaning g‘alla jo‘natishga tayyorligini bildirib, ishni boshlash uchun Turkiya hamda BMT dan xabar kutayotganini ta’kidladi.

Turkiya, Ukraina, Rossiya va BMT o‘rtasida o‘tgan hafta Istanbulda g‘alla eksporti va importi munosabatlari borasida bitim imzolangandi.

Ukraina nomidan kelishuvga imzo qo‘ygan Infratuzilma Vaziri Aleksandr Kubrakovdan xabar keldi.

Ukraina Infratuzilma Vaziri Aleksandr Kubrakov, Ukrainaning eksportga tayyorligini, faqat ilk kemaning harakatlanishi uchun vaqt belgilanmaganini ta’kidladi, birinchi kema haftaning oxirigacha portdan jo‘nab ketishiga umid qilishini bildirdi.

Bug‘doy eksporti, Ukrainaning Qoradengiz sohilidagi uchta portdan amalga oshiriladi.

Kubrakov, Odessa va Chernomorsk portlaridan eksport uchun tayyor ekanliklarini, Pivdeniya portining hafta oxiriga qolmay tayyor bo‘lishini aytdi.

Ukraina Infratuzilma Vaziri, 17 ta kemaning jang boshlanganidan buyon yuk to‘la holda kutayotganini, Chernomorskda bir kemaga esa bugun yuk ortilganini aytdi.

Dilbar Rajabova tayyorladi