Ayanchli YTH oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 avgust kuni saot 07:00 atrofida Forish tumanidan o‘tgan yo‘lda 1976 yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Isuzu o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan jizzaxlik fuqaro boshqaruvidagi Nexia-2 bilan tuqkashgan.

Natijada, Nexia-2 haydovchisi hamda undagi 4 nafar yo‘lovchi vofea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, Isuzu haydovchisi rulda uxlab qolishi sabab qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.