Afg‘onsitonda yuz bergan navbatdagi portlash natijasida 12 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbida portlash ro‘y berdi. “RIA Novosti” nashrining yozishicha, hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 28 kishi jarohatlangan.

“Portlash Kobul shahrining asosan, shialar istiqomat qiladigan Puli-So‘xta hududida ro‘y berdi… Halok bo‘lganlarning jasadlari va yaradorlar tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan”, — deyiladi xabarda.

Hozircha hech qaysi guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Tolibon ham bu hujumga izoh bermadi.