Toshkentning ayrim hududlari gaz taʼminotisiz qoldi

Shayxontohur tumanida joylashgan yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun soat 10:00 dan 17:00ga qadar Chilonzor tumani, “Qozirobod” mahallasida, Qozirobod koʻchasida hamda Shayxontohur tumani, “Beshyogʻoch” mavzesida, “Oqtepa” mikrarayonida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatildi.

Shuningdek, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim koʻchasidan õtgan D-159, 108-mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini xavfsiz joyga koʻchirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha “Shayxontohur” mahallasida, Olmazor tumani, “Sebzor” mahallasida tabiiy gaz taʼminotini yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻragan.