Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ogohlikka chaqiradi

“Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi axborot kanallarida “Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari shaxsan o‘z vatandoshlarini Ukrainaga urushga jalb qilyapti” sarlavhali videolar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarolaridan bunday da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.