Somali xavfsizlik kuchlari jangarilar tomonidan bosib olingan poytaxt Mogadishudagi “Hayat” mehmonxonasidan 106 kishini, jumladan, ayollar va bolalarni ozod qildi, deb xabar berdi yakshanba kuni Al-Arabiya telekanali.
Telekanal Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Al-Shabab guruhining Al-Qoidaga yaqin jangarilari juma kuni kechqurun binoga kiraverishda portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan ikkita mashinani portlatib yuborganidan soʻng mehmonxonaga bostirib kirishdi.
Mahalliy jurnalistlarga koʻra, mehmonxonani ozod qilish operatsiyasiga hujumchi dronlar jalb qilingan.
Qayd etilishicha, qoʻlga olingan paytda ushbu mehmonxonada mamlakatdagi taniqli siyosatchilar va parlament aʼzolari boʻlgan.