2 nafar farzandga 235 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari to‘lab berildi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 06.06.2022 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor N.L.dan undiruvchi A.X.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun 06.06.2022 yildan boshlab, farzandi voyaga yetguniga qadar har oyda jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.
Qarzdor N.L. 19.09.2022 yil kuni undiruvchi A.X. bilan o‘zaro kelishgan holda 2 nafar farzandlarini 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 235 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini oldindan to‘liq to‘lagan.
Undiruvchi A.X. byuroga ariza bilan murojaat qilib, farzandlarini 18 yoshga to‘lguniga qadar beriladigan barcha 235 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini qarzdor N.L.dan to‘liq olganligi uchun ijro ishini tamomlashni so‘raganligi sababli, ijro hujjati tamomlandi.