Ma’lumki, Eronda 22 yoshli Mahsa Aminining o‘limidan keyin norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.
Mahsan Amini 16 sentyabrda olamdan o‘tdi. Namoyishlar shiddati esa bartaraf bo‘ladiganga o‘xshamaydi. Pichoq bilan qilingan hujumlarga yana boshqa hodisalar ulanib ketmoqda. Dunyoda bir tarafdan Rossiya-Ukraina voqealari, boshqa tomondan esa Erondagi hodisalar. Mahsa Aminining o‘limi xalqni qo‘zg‘atib yubordi. Davlatning turli hududlarida ro‘y berayotgan namoyishlar oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlarning soni kundan-kunga ortib boryapti.
Eron 1979 yildan buyon ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqeliklarni boshdan kechirmoqda. Namoyishlar natijasida o‘lim soni 10 ga yetdi. Eronning “Tasnim” rasmiy agentligining xabar berishicha, davlat miqyosida davom etayotgan namoyishlarda Mashhad shahridagi ko‘ngilli polisiya tashkiloti a’zosi Muhammad Rasul Do‘stmuhammad hayotdan ko‘z yumdi.
Tabriz shahridagi yana bir ko‘ngilli polisiya tashkilotiga tegishli a’zolardan biri Husayn namoyishchilar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Tehronda boshlanib, davlatning boshqa hududlariga tarqalgan namoyishlarda namoyishchilar polisiya mahkamasiga o‘q uzdi.