Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 10.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan aliment to‘lab kelayotgan ota barcha to‘lovlarni oldindan to‘lab berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha. Shu kunga qadar qarzdor I.Yuldashevdan undiruvchi M.Yuldasheva foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun 1/2 kism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan 2022 yil avgust oyiga qadar aliment pullari to‘liq undirilib kelingan.
Qarzdor MIB Olmazor tuman bo‘limiga murojaat qilib, aliment pullarini oldindan to‘lab berish uchun aliment miqdorini hisoblab berishni so‘ragan.
Davlat ijrochisi tomonidan aliment miqdorini oldindan hisoblab berish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, 289 mln. 288 ming so‘m aliment miqdori hisoblangan qarzdordan farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 289 mln. 288 ming so‘m aliment pullari undiruvchining plastik karta raqamiga o‘tkazib berilgan.
Shu asosda, ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.