Noqonuniy imoratni buzish haqidagi qaror ijrosi ta’minlangan

Fuqaro T.Abdusamatovga imoratni buzish haqidagi qarorni to‘xtatish haqida sudga murojaat etish bo‘yicha bir necha marotaba tushuntirish berilgan.

Javobgar xonadonida bo‘lgan pul mablag‘larining yo‘qolganligi haqidagi vajlari ham asosga ega emas.

Joriy yilning 24 sentyabr kuni EFFECT.UZ rasmiy saytida “Qizaloqlar zor yig‘lamoqda. mib fuqaroning uyini buzib, narsalarini ko‘chaga uloqtirdi” nomli vildeo xabarlar joylashtirildi.

Xabarda Byuroing Chust tuman bo‘limi xodimlari tomonidan uyni buzish haqidagi ijro harakatlari tanqidga olingan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 24.10.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan Chust tumani, Laylak uya MFY hududidagi 0,10 sotix yer maydoni daьvogar B.Salimovga qaytarish, Chust tumani, Laylak uya MFY hududidagi da’vogar B.Salimovga tegishli 0,10 sotix yer maydonida javobgar tomonidan qurilgan imoratlar T.Abdusamatovning hisobidan buzdirish belgilangan.

Ijro ishi bo‘yicha talablarni bajarish haqida qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 04.03.2020 yildagi ajrimiga asosan ijro harakatlari kassasiya shikoyati ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatilgan va 02.10.2020 yildagi xatiga asosan ijro harakatlari qayta tiklangan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor T.Abdusamatov tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi aniqlangan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasi 2-qismi bilan bazaviy xisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor T.Abdusamatov tomonidan ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatib, sud qarori ijrosini ta’minlamaganligi holati yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 232-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi, unga nisbatan ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilgan.

Qarzdor T.Abdusamatov bir necha ogohlantirilishiga qaramay sud qarori ijrosini ta’minlamaganligi sababli 23.09.2022 yil kuni soat 11-00 ga majburiy ijro harakatlari tayinlanib, shu kuni amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlanib, javobgar T.Abdusamatov tomonidan noqonuniy qurilgan imoratlar buzib tashlanishi ta’minlangan.
Ijro harakatlari davomida noqonuniy deb topilgan imoratda bo‘lgan fuqarolarga nisbatan qupol muomalada bo‘lish, ularga nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilmagan.
Qolaversa, fuqaro T.Abdusamatovga imoratni buzish haqidagi qarorni to‘xtatish haqida sudga murojaat etish bo‘yicha bir necha marotaba tushuntirish berilgan.

EFFECT.UZ rasmiy saytiga ijro harakatlari vaqtida, javobgar xonadonida bo‘lgan pul mablag‘larining yo‘qolganligi haqidagi vajlari asosga ega emas va ijro harakatlari xodimlar tomonidan video tasvirlarga olingan. Bu xabar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi fuqarolarga ham tushuntirilgan.

Ma’lumot uchun: da’vogar B.Salimov ham tomonidan noqonuniy imoratni buzish haqidagi ijro harakatlari kechiktirilayotgan va o‘z vaqtida buzilmayotganligi haqidagi murojaatlari qilingan.