2 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor). Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.