Yangihayotda “Yashil makon” avjida

“Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrda o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarda, shu jumladan, Yangihayot tumanida 2023-yil kuz mavsumida jami 113 607 dona turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish belgilangan.


Xususan, bugun tumanimizning “Yangi Darxon” mahallasida 20 000 kv.metr hududga ham markaziy ko’cha bo’ylab 2 mingta manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

Mazkur hayrli ishda Toshkent shahar hokimi, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokimlik va boshqa qator tashkilot va idora mas’ullari, mahalla raislari, mahalla yoshlar yetakchilari, mahalladagi hokim yordamchilari, shuningdek, ko’ngilli fuqarolar jonbozlik ko’rsatib, hayrli ishga bosh qo’shishdi.