Qo‘qonda fuqaro profilaktika inspektoriga bolta bil tan jarohati yetkazdi

Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, joriy yilning 8 sentyabr kuni Farg‘ona shahridagi dehqon bozori yaqinida avtomashina piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ayollarni turtib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, IIO xodimlari ayollarga yordam ko‘rsatayotganda shu atrofda sotuvchilik qiluvchi shaxs xodimlar ishiga noo‘rin aralashib, ularni haqorat qilgan.


Bundan tashqari, u shu hududdagi do‘kondan oshxona pichog‘ini olib, xodimlarning biriga tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, shu kuni Qo‘qon shahrida ham ushbu holat o‘xshash hodisa yuz berdi.
Shahardagi ko‘chada mast holdagi shaxs janjal ko‘tarayotgan vaqtida profilaktika inspektori o‘zining yordamchisi bilan fuqaroni tinchlantirish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.
Ammo, mast fuqaro inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, qo‘lidagi bolta bilan inspektorga tan jarohati yetkazgan.


Huquqbuzarning aytishicha, u qizi bilan janjallashayotgan vaqtda inspektor ularni ajratib, mast otani olib ketmoqchi bo‘lgan.
Ayni vaqtda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *