Piyodalar yo‘lakchasida “Lacetti” bir yigitni urib yubordi. U shifoxonada vafot etgan

Qarshida “peshexod”dan oʻtayotgan yigitni urib ketgan “Lacetti” haydovchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 18 sentyabr kuni “Lacetti” mashinasi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan yigitni urib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahar Islom Karimov koʻchasida 18 sentyabr kuni soat 12:05 atrofida haydovchi J.SH. “Lacetti” avtomobilida harakatlanayotib, piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaro SH.X.ni urib yuborgan.

Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisasi oqibatida jabrlanuvchi ogʻir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.
Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *