Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan olindi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Islomov Baxtiyor Jahongirovich Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.


Mazkur tayinlovga qadar ushbu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgan edi.


Baxtiyor Islomov bunga qadar prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Undan oldin esa Islomov jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining raisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.