Joriy yilda benzin ishlab chiqarish hajmi 4,2 % ga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida 97,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 % ga oshgan.
2022 yilning yanvar oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini– 97,8 ming tonna;
— Ko‘mir– 481,6 ming tonna;
— Neft – 61,8 ming tonna;
— Gaz kondensati – 120,4 ming tonna;
— Yengil avtomobil – 14 046 dona;
— Avtobus – 1 dona;
—Yuk avtomobillari – 50 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 12,6 ming donani tashkil qiladi.