«O‘zgidromet» 30 aprel kuni respublika hududlari bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 29–31 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.