Toshkentdagi bog‘chada bolalar zaharlandi

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi bog‘chalardan birida 30 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangan. Bu haqda Xabar.uz manbasi xabar beryapti.

Hozircha Maktabgacha ta’lim vazirligi bu haqda ma’lumot berganicha yo‘q. Aytilishicha, bolalarning ayrimlari shifoxonada, ba’zilari uyida davolanmoqda.

Maktabgacha ta’limga shuncha e’tibor va mablag‘ berib turilganda ham mana shunday holatlarning kuzatilishi odamlarni o‘yga toldiradi. Rasmiylardan izoh kutib qolamiz.