Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda joriy yilning 2 may kuni soat 00:00 dan 7:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

  • “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha;
  • “Katta Qozirabod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha;
  • “Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani:

  • “Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.

Sergeli tumani:

  • “Kuddus Sharif” masjidi oldidagi Kipchok ku‌chasi – Yangi Sergeli – Kipchok chorraxasidan Kipchok – Xonobod chorrahasigacha.

Barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari va chiziqlarining talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.