O‘zbekiston “So‘z erkinligi indeksi”da 24 o‘ringa yuqoriladi


O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan “So‘z erkinligi indeksi”ning 2022 yilgi reytingida 24 o‘ringa yuqoriladi. 2022 yil uchun reyting tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi.


Мa’lum qilinishicha, reytingning dastlabki o‘rinlarini Norvegiya, Daniya va Shvesiya zabt etgan. Shimoliy Koreya, Eritreya, Eron, Turkmaniston, Myanma va Xitoy kabi mamlakatlar ushbu ruyxatda eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

O‘zbekiston So‘z erkinligi indeksda 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarilgan. Rossiya va Xitoy singari yirik mamlakatlarni ortda qoldirgan.Rossiya matbuot erkinligi reytingida 155-o‘ringa tushib ketgan.


Bundan tashqari, hisobotda Rossiya bosqinining birinchi oyida kamida besh nafar jurnalist va OAV xodimlari o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgani haqida ta’kidlangan. Hisobot mualliflariga ko‘ra, bosib olingan hududlarda Rossiya armiyasi «axborot manbalarini maqsadli nishonga olgan va mahalliy OAVni hamkorlikka majburlashga uringan».