“Oltin qalam – 2022” tanlovining g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi g‘olib va sovrindorlari deb quyidagilar topildi:

“Eng yaxshi jurnalistik material uchun”
(televideniye) yo‘nalishida
1-o‘rin “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidan Yulduz Fayziy.
2-o‘rin “Sevimli” telekanalidan Moʻtabar Nurmuhammedova.
3-o‘rin Maftuna Mamasiddiqova (“Ruxsor TV” Farg‘ona viloyati).

“Eng yaxshi jurnalistik material uchun”
(radio)
1-o‘rin Farog‘at Barnoyeva Navoiy TRK muxbiri.
2-o‘rin Zarbuvi Choriyeva.
3-o‘rin Nodira Maqsudova.

“Eng yaxshi material uchun” nominasiyasi bo‘yicha internet-jurnalistika yo‘nalishida
1-o‘rin Norgul Abdurayimova -O‘zA bo‘lim mudiri.
2-o‘rin kun.uz nashri muxbiri Ilyos Safarov.
3-o‘rin xabar.uz muxbiri Anvar Namozov.

“Eng yaxshi material uchun” nominasiyasida bosma nashrlar bo‘yicha
1-o‘rin “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetasi bosh muharriri O‘tkir Rahmatov.
2-o‘rin “Yerkin Qaraqlpaqstan” gazetasi muxbiri Gulayim Saparova.
3-o‘ringa “Qiziriq” tumanidagi “Taraqqiyot” gazetasi bosh muharriri Chori Alimov hamda “Yoshlar kundaligi” tahririyati.