Murod Nazarov hibsga olinganmi?

Taniqli tadbirkor Murod Nazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, hibsga olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Kimdir hibsga olinganim, kimdir biznesim yoki oilam haqida yozmoqda…

Men yaxshiman. Tirikman, energiya va pozitivlikka to‘laman. Har daqiqada oilaviy muhitdan va ishimdan zavqlanmoqdaman. Chunki qalbimda muhabbat, ongimda esa faqat yorqin fikrlar va baxtli, tinch hamda go‘zal kelajak bor!», deb yozdi u.