O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddus bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
«Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.
Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.
Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik amda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz», deyiladi xabarda.