Nazirov Abdumalik Abdusalimovich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun A.Nazirov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.