Oliy ta’limga kirishda berilgan ayrim imtiyozlardan voz kechiladi — Toshqulov

Oliy ta’limga kirishda berilgan ayrim imtiyozlardan voz kechiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.

«Biz ilgari berilgan imtiyozlarni qayta ko‘chirib chiqishimiz kerak. Bu o‘quv yilida biz imtiyozlarni inventarizasiya qilamiz. Men ularning sonini aytmoqchi emasman, ularning soni ko‘p va xo‘p. Biz keyingi o‘quv yilidan boshlab o‘z umrini yashab bo‘lgan imtiyozlardan voz kechamiz», — dedi Toshqulov.