“Zoʻr TV” binosiga 2 ta bomba qoʻyilgan…

Bugun, 6 iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod tumanidagi “Zoʻr TV” telekanali joylashgan hududda 2 nomaʼlum shaxs portlovchi modda oʻrnatayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib borgan. Hudud oʻrganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli boʻlgan boshqa moddalar aniqlanmagan, xabar oʻz tasdigʻini topmagan, xavotirga asos yoʻqligi aytilgan.

“Hozirda “Zoʻr TV” telekanali oʻz ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Shubhali holatga befarq boʻlmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.