Telefoningizda ushbu dasturlardan birortasi bo‘lsa zudlik bilan o‘chiring!

Kiberhujumchilar telefonlarimizga o‘z hujumlarini davom ettirmoqda. “Google Play store” da milionlab marotaba yuklab olingan g‘arazli maqsadlarda ishlab chiqilgan 35 ta dastur mavjudligi aniqlandi. Android dan foydalanuvchilar ushbu dasturlardan ogohlantirildi. Bu dasturlarni telefoningizga ko‘chirib olmasligingiz, agar ular sizda mavjud bo‘lsa, tezda o‘chirib yuborishingiz zarur. Kiberhujumchilar bugungi kunda telefon aparatlarini turli xil dasturlar ishlab chiqish bilan nishonga olmoqda. Buning yaqqol misoli, Fransuz xavfsizlik tadqiqotchisi Maksim Ingrao aniqlagan premium xizmatlarga obuna bo‘lgan yangi firibgar dasturiy ta’minot oilasi edi. Berilgan yangi hisobot natijasida esa ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan Android dasturlarning ro‘yxatini shakllandi.

Umumiy 9 milliondan ko‘proq marta yuklab olingan

Viruslar hamda xavfli dasturiy ta’minotlar bo‘yicha ish olib boruvchi Doktor Vebning hisobotiga ko‘ra, iyun oyida Android.HiddenAds oilasidan 30 ga yaqin reklama dasturi aniqlandi va u umumiy 9 milliondan ko‘proq marotaba yuklab olingan. Ular orasida dastur oilasining yangi ilovalari hamda may oyidagi tahlillarga ko‘ra, Android.HiddenAds.3158 firibgarlik maqsadidagi dastur, virtual klaviaturalar, qidiruv tizimlari va yordamchi dasturlar, izlash tizimi kabi turli dasturlarga o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Quyida zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan dasturlarning nomlari:

  • Photo Editor: Beauty Filter
  • Photo Editor: Retouch & Cutout
  • Photo Editor: Art Filters
  • Photo Editor: Design Maker
  • Photo Editor: & Background Eraser
  • Photo & Exif Editor
  • Photo Editor: Filters Effects
  • Photo Filters & Effects
  • Photo Editor: Blur Image
  • Photo Editor: Cut, Paste
  • Emoji Keyboard: Stickers & GIF
  • Neon Theme Keyboard
  • Neon Theme – Android Keyboard
  • Cashe Cleaner
  • Fancy Charging
  • Fast Cleaner: Cashe Cleaner
  • Call Skins – Caller Themes
  • Funny Caller
  • CallMe Phone Themes
  • InCall: Contact Background
  • MyCall – Call Personalization
  • Caller Theme
  • Caller Theme
  • Funny Wallpapers – Live Screen
  • 4K Wallpapers Auto Changer
  • NewScrean: 4D Wallpapers
  • Stock Wallpapers & Backgrounds
  • Notes – reminds and lists

Shuningdek, mutaxasislarning “Android.Joker” oilasidan zarar ko‘rganlar hechqanday ma’lumotga ega bo‘lmasdan pullik mobil xizmatlarga obuna bo‘lgan boshqa ilovalarning ham aniqlangani ta’kidlandi. Hisobotga ko‘ra ular quyidagi ilovalarda mavjud:

  • Poco Launcher
  • 4K Pro Camera
  • Heart Emoji Stickers

Onlayn suhbat ilovasi, lekin soxta

Yana bir xavf esa onlayn suhbat uchun ishlab chiqilgan biroq soxta bo‘lgan ilova ekanligi aytildi. Uning nomi “Chat online”.

Google ogohlantirildi

Xabar vaziyatning jiddiy ekanidan dalolat beradi, chunki 9 million obunachi haqida gap ketyapti. Aniqlangan xavfli vaziyat to‘g‘risida Google ogohlantirildi. Firibgarlik maqsadidagi ilovalarning hali ham yuklanib olinayotgani alohida ta’kidlandi. Oxirgi natijalar hali aniq emas, barcha obunachilar bu dasturlardan tezda voz kechishlari zarur.

Dilbar Rajabova tayyorladi