Jizzahda kelinchak farzandlari ko‘z o‘ngida zo‘rlangani aytilmoqda

Jizzax viloyati Zomin tumanda yashovchi, eri Rossiyada bo‘lgan 30 yoshli, 2 nafar o‘g‘li( 5,6 yoshlarda) bor juvonni yarim kechasi 2 maskalik erkak uyiga bostirib kirib, urib, zo‘rlashgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lshicha, onasini himoya qilishga uringan go‘daklarni urib, onalarini ularni ko‘z o‘ngida zo‘rlashgan. Ayolda yaqqol zo‘rlanish jarohatlari: yuz, ko‘z, burun sohalaridan zarb izlari, tananing boshqa qismlarida zo‘rlanish alomatlari mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Bu ikki erkak avvalroq ham uyga kirishga uringan, lekin kirolmagan. Bu haqda mahalliy uchastka noziriga ayol murojaat qilgan, uchastka noziri esa, “biror buyumingiz yo‘qolmagan bo‘sa, o‘g‘irlik bo‘yicha ish ocholmaymiz” degan javob olgan.

Hozircha rasmiy idoralar tomonidan bu haqda biror ma’lumot keltirilgan xabar chiqarilmagan. Mutasaddilardan rasmiy izoh kutib qolamiz.