Uzunligi 3932 metr noodatiy zal Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Meksikada o‘tkazilgan festivalda 3932 metrlik zal Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Ushbu festival har yili Meksikaning Tlakskala viloyatiga qarashli Hyuamantla shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahar ko‘chalariga gullar va qipiqlardan rangdor gilam to‘shalgan 3932 metrlik uzunlikdagi zal, dunyoning eng uzun zali unvoniga ega bo‘lib, rekord natija qayd etdi.

Festivalga 1 yil oldin tayyorgarlik ko‘rila boshlangan va 19 ta rangdan iborat gullar va qipiqlardan yasalgan ushbu zal ikki kun o‘zining holatini yaxshi saqlab tura olishi aytilgan. Hyuamantla shahri ko‘chalarida har yili Kachita avliyosiga bag‘ishlangan festival 14-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu festival 70 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz:
Dunyoning eng uzun zali sifatida bundan oldingi rekord Guatemaladagi 2319 metrlik zalga oid edi.