O‘zbekiston Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan teraktni qoraladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti e’lon qilindi.

“Kobuldagi Rossiya Federasiyasining konsullik bo‘limi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afg‘oniston fuqarolarining qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qat’iy qoralaymiz.

Ushbu g‘ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.

Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi xabarda.