Qoradaryoda cho‘kib ketgan 12 yoshli qiz 20 kunki topilmayapti

Namangan viloyati Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 16 avgust kuni 12 yosh qiz bola o‘rtoqlari bilan cho‘milish vaqtida cho‘kib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qutqaruv-qidiruv guruhi hamda Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilar, Milliy givardiya, Ichki ishlar hodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda qiz cho‘kkan kundan buyon suv ostida va suv ustida qidiruv ishlari olib bormoqda.