“Instagram”ga 405 million yevro jazo

Dunyoning eng ko‘p foydalaniladigan ilovalaridan biri Instagram ga, Irlandiyadagi ma’lumotlar xavfsizligi komissiyasi tomonidan 405 million yevro jarima jazosi belgilandi. Sababi xavfsizlik qoidalarini buzish deb ko‘rsatildi. Instagram ning bolalarning elektron manzillari, pochtasi va telefon raqamining tarqalishi, shuningdek, bolalar haqdagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlay olmagani aytilmoqda.

Irlandiya xavfsizlik komissiyasi tomonidan berilgan xabarda “Yakuniy qarorni o‘tgan juma kuni tasdiqladik, unga ko‘ra, jazo sifatida 405 million yevro jarima to‘lash belgilandi” deya ta’kidlandi.

2020 yilning sentyabr oyida Instagram dan ko‘p foydalanuvchi yoshlarning o‘z ma’lumotlarini qanday saqlaganliklari borasida kuzatuvlar olib borildi. Ushbu jarayonda 13 hamda 17 yosh orasidagi foydalanuvchilarning, elektron manzillari, telefon raqamlari va shaxsiy ma’lumotlari qanday holatda ekanligiga e’tibor berildi. Qolaversa, maxfiylik sozlamalari “Shaxsiy” doiradan tashqari ekanligi, hammaga ma’lum bo‘ladigan “Umumiy” holatdaligi xulosasi kelib chiqdi.

Instagram ning bosh shirkati bo‘lgan Meta vakillaridan birining bergan izohiga ko‘ra, “Bu surishtiruv ishlari bir yil avvalgi eski holatga ko‘ra, xulosa qilingan. Bu vaqt mobaynida biz yoshlarning shaxsiy ma’lumotlarini ishonchli va xavfsiz holatda saqlay olishlari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratdik. 18 yoshgacha bo‘lgan barcha foydalanuvchilarning ma’lumotlari endilikda avtomatik ravishda maxfiy holatda sozlanadi. Faqat o‘zlari tanigan yoki bilganlargina nimalarni ulashayotganini ko‘rishlari mumkin. Ularni kuzatmayotgan boshqa begona foydalanuvchilarga xabar jo‘nata olishmaydi. Biz ushbu jarimaga rozi emasmiz va bu holatga e’tiroz bildirmoqchimiz” deyiladi.