Suvlardan zahar oqadi, bakteriya va mikroblar makoni

Qayerdan oqib kelayotganligi noma’lum bo‘lgan suvlarni iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Ba’zi o‘lkalarda suvdan zaharlanish oqibatida kasalxonaga murojaat qilayotganlar soni ortib bormoqda. Agar boshqa ichimlik suvi topilmagan taqdirda suvni qaynatib, tinitilgandan keyingina ichish lozim.

Bu boradagi mutaxasis doktor Filiz “Oxirgi paytlarda qayerdan oqib kelishi noma’lum bo‘lgan suvlarni ichish oqibatida zaharlanish holatlari ko‘payganligini” aytdi. Oxirgi yillarda Adana va Turkiya hududlarida suvdan zaharlanish keskin ortdi. Vaziyat jiddiy tus ola boshlagach, mutaxasislar mikroblar hamda bakteriyalar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida aholiga ma’lumot berdi.

Doktor Filizning fikricha, suvdan zaharlanish ayniqsa, bolalar orasida ko‘p sodir bo‘lmoqda. Holsizlik, ko‘ngil aynishi, isitma kabi holatlar mikrobli suvlarni ichish oqibatida yuzaga kelayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, gigiyena borasida alohida to‘xtalib o‘tgan mutaxasislar, ushbu holatlarning oldini olishning eng oson va oddiy yo‘li bu gigenaga amal qilish ekanligini aytishadi. Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish nihoyatda muhim ekan. Qolaversa, ota-onalar farzandlari cho‘milayotgan suv havzalarining qanchalik darajada talabga javob berishiga, xlorlangan suv ekanligiga ahamiyat berishlari zarur.

Mutaxasislar ikki uch kun davom etadigan diareyadan qo‘rqmaslik kerakligini ta’kidlab, bu holatni uyda davolash mumkin. Biroq, agar ko‘p qayt qilish, yuqori harorat kabi vaziyatlar kuzatilsa, albatta shifoxonaga borish shartligini tavsiya qilishdi.