Xitoyda ilk bor maymun chechagi hodisasi aniqlandi

Koronovirus paydo bo‘lgan Xitoyda ilk bor maymun chechagi virusi aniqlandi. Xorijdan kelgan yo‘lovchini Covid-19 uchun test topshirish jarayonida ahvoli og‘irlashgani, shuningdek, testlar natijasida maymun chechagi virusi mavjudligi aniqlandi.

Mazkur kasallik hududning g‘arbidagi Chunsin shahrida aniqlandi. Mahalliy Sog‘liqni Saqlash Markazi olib borgan tahlillarda bemor birinchi maymun chechagi xastasi sifatida qayd etildi. Ushbu kasallik Kongo va Gʻarbiy Afrika kabi ikki turga ajraladi. Hayvonlardan odamlarga va odamdan odamga yuqadigan maymun chechagi virusi yaqin aloqa tufayli yuqadi. Uning belgilari esa yuqori harorat va tanada qizarishlar paydo bo‘lishidir.

AQSH Sog‘liqni Saqlash Markazining xabar berishicha, 15 sentyabrdan buyon dunyo miqyosida 60 ming 799 ta maymun chechagi virusi aniqlangan, shulardan 20 tasi hayotdan ko‘z yumgan.