AQSH raketa tizimlarining bir qismini Yaqin Sharqdan olib chiqadi

AQSH ba’zi raketa tizimlarini Yaqin Sharqdan olib chiqishga qaror qildi: Prezident Jo Bayden ma’muriyati Pentagonga Fors ko‘rfazidagi qo‘shinlar sonini kamaytirishni buyurdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” yuqori martabali manbalarga asoslanib yozmoqda.

Qayd etilishicha, mintaqada allaqachon “Patriot” zenit-raketa tizimining uchta batareyasi qayta joylashtirilgan. Ulardan biri Saudiya Arabistonidagi shahzoda Sulton aviabazasida joylashgan edi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar “dunyoning boshqa qismlaridagi harbiy ehtiyojlarni qondirish” uchun samolyot tashuvchilar va kuzatuv tizimlarini qaytarib oladi. Ehtimol, Pentagon boshqa jihozlarni ham qisqartirishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada 50 mingga yaqin harbiy xizmatchi mavjud.

AQSH 2021 yil mayigacha Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda. Sobiq davlat kotibi Maykl Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Amerika armiyasi 2020 yilda mamlakatda harbiy mavjudligini ikki baravar kamaytirgan. AQSH Afg‘onistonga 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi teraktdan so‘ng o‘z qo‘shinlarini olib kirgandi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan