Fargʻonada taʼtildagi oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

Avvalroq, Fargʻonadagi maktab oʻqituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar bergan edik

Holat yuzasidan Fargʻona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi. 

Aniqlanishicha, Buvayda tumanida joylashgan 14-sonli umumtaʼlim maktabi xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi. Toʻplangan hujjatlarga asosan, maktab direktori tomonidan taʼtil vaqtida oʻqituvchilar maktabning taʼmirlash ishlariga majburiy jalb qilganligi aniqlandi.

Qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganligi sababli, 14-sonli umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan MJtKning 51-moddasi ( BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima) 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qoʻllanildi.