Bugun respublikamizda kutilayotgan ob-havo haqida

“Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, 1 fevralda kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq boʻladi.