Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» xizmati 12-fevral, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4–6 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq, Ustyurtda 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 4–9 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq bo‘ladi.