Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida yog’ingarchilik kuzatiladi

«O‘zgidromet» xizmati 14-fevral, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja iliq va kunduzi 2–4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, Ustyurtda kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha, Navoiy viloyatida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 1–6 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha, Jizzax viloyatida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha, Surxondaryo viloyatida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha, Farg‘ona viloyatida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.