Bugun hududlarda 17-20 darajagacha iliqlik kuzatiladi

«O‘zgidromet» xizmati 20 fevral, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 13–15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.