Bugun mamlakatimizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Togli hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi havo harorati 14-16° iliqgacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.