Quloqdagi shovqin miya saratoni belgisi bo‘lishi mumkin— Otorinolaringolog

Quloq ichidagi tinimsiz shovqin xavfli kasallik, miya saratoni belgisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda otorinolaringolog Vladimir Zaysevning ma’lum qilmoqda.

“Bu (quloq ichidagi shovqin) miya va ichki quloq onkologiyasi belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shovqin eshitish nervining oziqlanishi buzilganida sensorineral eshitish qobiliyatini yo‘qotish hodisasini ham anglatishi mumkin “, — deya tushuntirgan u.

Otorinolaringologning fikriga ko‘ra, quloq ichidagi shovqin qon bosimining ko‘tarilishi va holdan toyish oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Agar dam olishdan keyin ahvol normal holatga qaytgan bo‘lsa, unda siz shifokorlarga uchramaysiz. Ammo agar shovqin sizni uzoq vaqt davomida bezovta qilsa, unda siz mutaxassisga borib uchrash kerak bo‘ladi.

O‘z navbatida, otorinolaringolog Ivan Leskov simptom eshitish qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan.