Rossiyada Twitter hamda Facebook bloklab qo‘yildi

Rossiyada Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlariga kirish cheklandi. Bu haqda “Roskomnadzor” resurslarga kirishni cheklashni tekshirish xizmati ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash uchun asos “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida” gi federal qonun edi. Unga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar va ekstremistik harakatlarni amalga oshirishga chaqiriqlarni topish mumkin bo‘lgan saytlarga kirish tartibga solinadi, deyiladi xabarda

Avvalroq Roskomnadzor kompyuterlarda Twitter trafigini sekinlashtirishni boshlagan edi. Ijtimoiy tarmoq Ukrainadagi vaziyat haqida soxta xabarlar tarqatish platformasiga aylangani iddao qilinmaqda.