5-6 martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 25-30 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda chang ko‘chishi bilan sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba’zi joylarda sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda chang ko‘chishi bilan sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi tumanlarida sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda chang ko‘chishi bilan sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Qashqadaryo viloyatida sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda chang ko‘chishi bilan sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.