Dietolog organizmda ortiqcha yog‘ to‘planish sabablarini ochiqladi

Dietolog Safo Kamran qorindagi yog‘larning to‘planishining kutilmagan sabablarini aytdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki nosog‘lom ovqatlanish natijasi emas, deb yozadi Eat This, Not That!

«Sigaret chekish ichki organlarda yog‘ to‘planishi xavfini oshiradigan yana bir muhim omil», —dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sigaret tutunida mavjud bo‘lgan zararli moddalar bilan bog‘liq. Ulardan nafaqat salomatlikka zarar yetadi, balki qorinda ortiqcha yog‘ to‘planishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Yana bir xavf omili — spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish. Dietolog, odamlar hayotida spirtli ichimliklar mavjudligini cheklashlari kerakligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, kam harakatsizlik natijasida ham qorin bo‘shlig‘ida ortiqcha yog‘lar to‘planadi. Kundalik jismoniy faoliyat bilan buning oldini olish mumkin, deydi mutaxassis.

“Jismoniy mashqlar yengil bo‘lishi mumkin, masalan, piyoda yoki velosipeda harakatlanish. Shuningdek, siz soatiga bir marta turishga va harakatlanishga o‘rganishingiz kerak «, — deya qo‘shimcha qilgan Karman.