O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 22 mart kuni 83 yoshida vafot etdi.

Maryam Ixtiyorova 1939 yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan.

U 1963 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1959 yildan boshlab Muqimiy teatrining aktrisasi bo‘lib ishlagan. 1997 yilda ungan O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni berilgan.

Maryam Ixtiyorova yana bir mashhur aktyor, marhum Baxtiyor Ixtiyorovning sobiq turmush o‘rtog‘i edi.